Superliga. «Navbahor» oʻz maydonida «Paxtakor» bilan durang oʻynadi
Superliganing 24-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
«Navbahor» o‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Dastlab, 43-daqiqada mehmonlar futbolchisi Zaid Tahsin hisobni ochdi. Shundan so‘ng 84-daqiqada Muhammadqodir Hamroqulov bosh bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqt davomida jamoalar boshqa gol kirita olishmadi.
Ayni paytda «lochinlar» 46 ochko bilan 4-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «sherlar» 53 ochko jamgarib, 2-pog‘onani band etgan.
- O'zbekiston - Superliga
- Muntazam mavsum
Navbahor
- Mukhammadkodir Khamraliev 84'
Tugadi
1
:
1
17.10.2026 19:00
Paxtakor
- Zaid Tahseen 43'

Fikrlar