Superliga. "Navbahor" - "So'g'diyona": O'zaro uchrashuvlarda ustunlik kim tomonda?
Xabaringiz bor, bugun Superliganing 9-turidan o‘rin navbatdagi qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Dastlab, Timur Kapadze boshqaruvidagi "Navbahor" "Olimpiya" stadionida "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi.
O‘zaro bellashuvlardagi statistika ustunlik namanganliklar tomonida. "Lochinlar" 28 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, jizzaxliklar 23 marta zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, 9 ta bahs durang naticha bilan yakunlangan.
To‘plar nisbati ham mehmonlar ustunligini ko‘rsatmoqda — 99:71.
Ma’lumot o‘rnida, Kapadze boshchiligidagi jamoa onlayn turnir jadvalidа 8 ta uchrashuvdan so‘ng 18 ochko to‘plagan holda, 3-o‘rinda bormoqda. Ulug‘bek Baqoev shogirdlari esa 5 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi to‘qnashuv soat 19:00’da start oladi va "Futbol TV" orqali efirga uzatiladi.
Fikrlar