
Superliga. "Navbahor" Toshkentda "Bunyodkor"ni 5 gol bilan "uxlatib qo‘ydi"
O‘zbekiston Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar yirik 1:5 hisobida zafar quchdi.
"Lochinlar" safida gollarga Boltaboev, Golban, Ismoilov va O‘runov (dubl) mualliflik qildi. Maydon egalari safida yagona golni Jasur Hakimov kiritdi.
Shu tariqa, "Navbahor" 22 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi. 15 ochkosi bor "qaldirg‘ochlar" 8-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar