Superliga. OKMK - "Buxoro": O‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonda?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 12-turida OKMK Toshkentda "Buxoro"ni mehmon qiladi.

OKMK so‘nggi bor "Buxoro" bilan 2020 yilgi mavsumda to‘qnash kelgan edi. Birinchi davrada 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi davrada buxoroliklar 3:1 hisobida mag‘lub etilgan.

Jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiligidagi statistikada "konchilar" ustunlik qilmoqda. Jami o‘tkazilgan 24 uchrashuvda olmaliqliklar 10, "Buxoro" esa 9 marotaba g‘alaba qozongan. Qolgan 5 bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati OKMK foydasiga: 40-28.

Jamoamiz hozirda chempionat o‘yinlarida 10 uchrashuvdan keyin 17 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda. "Buxoro" esa 10 ta o‘yindan 7 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 11-pog‘onasida bormoqda.

 

Manba: OKMK klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!