
Superliga. O‘tgan turda "Bunyodkor" bilan durang o‘ynagan "Sho‘rtan" "Qo‘qon-1912"ga imkoniyatni boy berdi
Superliganing 18-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv ham o‘z nihoyasiga etdi. Bu turda "Sho‘rtan" "Qo‘qon-1912"ni o‘z uyida qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Dastlab uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Abdug‘ofur Haydarov hisobni ochdi. Oradan 30 daqiqa o‘tib esa Datsi Kleydi gol urib, hisobni 0:2 ko‘rinishga keltirdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasi o‘tib borayotganda g‘uzorliklar futbolchisi zizbek Pirmuhammadov oradagi farqni qisqartirdi. Lekin bu gol ham jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qola olmadi.
Ma’lumot o‘rnida, "Sho‘rtan" o‘tgan turda "Bunyodkor" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Sho'rtan
- Aziz Pirmuhammedov 45'
Tugadi
1
:
2
12.08.2025 20:30

Qo'qon-1912
- Abdug'afur Khaydarov 5'
- Klejdi Daci 36'
Fikrlar