Superliga. "Qizilqum" ilk g‘alabasini o‘z maydonida qo‘lga kiritdi
Superliganig 2-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Buxoro" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.
"Oltin izlovchilar"ning yagona goli Jasur Xolto‘raev nomiga qayd etildi. Bu gol yakunda o‘yin taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, "Qizilqum" ochkolari sonini 3 taga etkazib oldi va jadvalda 9-o‘ringa chiqib oldi. "Buxoro" hisobida ham 3 ochko mavjud bo‘lib, klub 7-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar