
Superliga. Qizilsiz qizimaydi yoxud "Qizilqum" endi safarda "Andijon"ga ochko ulashdi
O‘zbekiston Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Qizilqum" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
"Burgutlar" safida gollarga Ilhom Alijonov va Rubin Xebay mualliflik qildi. Bu gollar vodiyliklarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, "Andijon" 13 ochko bilan 9-o‘ringa chiqib oldi. 5 ochkosi bor "oltin izlovchilar" 13-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar