Superliga transferlari: "So‘gdiyona"ni 7 nafar, "Qizilqum"ni esa bir futbolchi tark etdi
Superliga bahslari Jahon chempionati sabab yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng qayta boshlanish arafasida. Jamoalar yangi bosqichga tayyorgarlik ko‘rar ekan, tarkiblarda ham o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Jumladan, Suhrob Izzatov, Faysal Mulich, Nikola Mirkovich, Aleksandar Bolevich, Umidbek Sultonov, Tohirbek To‘xtasinov va Oleksiy Shebetun "So‘g‘diyona" klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Shuningdek, Oleksiy Shebetun "Qizilqum" klubi bilan ham xayrlashdi.
Avvalroq SPORTS.uz sayti "So‘g‘diyona" "Kattaqo‘rg‘on"da harakat qilgan Behruz Asqarov va "Andijon"dan ketgan Jamshid Boltaboevni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qilgan edi. Klub hali rasmiy xabar bermagan, biroq futbolchilar yozgi yig‘inni "bo‘rilar" safida o‘tkazmoqda.
Ma’lumot uchun, Superliga bahslari 16 iyul kuni qayta start oladi.

Fikrlar