
Superligada 1-davra o‘yinlari yakuniga etdi. Hozircha yutqazmagan bitta jamoa qolgan, "Navbahor" esa etakchi!
O‘zbekiston Superligasida 1-davra uchrashuvlari yakuniga etdi. 13-turdan so‘ng jadvalda "Navbahor" etakchilik qilmoqda. "Lochinlar" hisobida 29 ochko mavjud.
2-o‘rindagi "Paxtakor" 28 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. "Neftchi" 3-pog‘onani band etgan bo‘lib, Levchenko shogirdlari 25 ochko yig‘a olgan.
Ahamiyatlisi, farg‘onaliklar o‘tkazilgan 13 o‘yinning birortasida mag‘lubiyatga uchramadi. "Yo‘lbarslar" chempionatda 6 g‘alaba va 7 durang natija qayd etgan.
Musobaqada eng kam gol o‘tkazib yuborgan klub "Navbahor" bo‘lib turibdi. Babayan jamoasi o‘z darvozasidan 6 to‘p olib chiqqan. Eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa esa "Metallurg" bo‘lib turibdi. Bekobodliklarni raqiblar 23 marotaba ranjitgan.
Eng ko‘p gol urgan klub ikkita - ular "Navbahor" va OKMK jamoalari. Ushbu jamoa futbolchilari raqib darvozalariga 23 ta to‘p kiritgan. "Qizilqum" va "Buxoro" eng kam gol kiritganlar safida etakchilik qilmoqda. Navoiy va Buxoro viloyati jamoalari atigi 6 marta raqib darvozasiga yo‘l topa olgan.
Fikrlar