Superligada oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum
O‘zbekiston Superligasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatdan “Neftchi” jamoasining uch nafar futbolchisi — Anvarjon G‘ofurov, Stipe Peritsa va Jamshidbek Iskanderov o‘rin olgan.
Shuningdek, “Paxtakor” a’zosi Dostonbek Hamdamov hamda “Buxoro” darvozaboni Umidjon Hamroev ham sovrin uchun kurash olib boradi.
Quyida nomzodlarning mart oyida qayd etgan statistik ko‘rsatkichlari bilan tanishish mumkin.
Anvarjon G‘ofurov — 4 o‘yin, 1 gol, 1 assist, 12 bor sirpanib to‘pni olib qo‘yish
Stipe Peritsa — 4 o‘yin, 4 gol
Umidjon Hamroev — 4 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 11 seyv
Dostonbek Hamdamov — 4 o‘yin, 2 gol, 2 assist
Jamshid Iskanderov — 4 o‘yin, 1 gol, 3 assist.

Fikrlar