Superliganing 15-turida qancha muxlis stadionga tashrif buyurgan?

  • 13.08.2022 20:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol

Kecha O‘zbekiston Superligasida 15-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

Kutilganidek, bu turda ham eng ko‘p muxlis “Navbahor” stadioniga tashrif buyurgan. “Surxon”ga qarshi kechgan uchrashuvni 12750 ming tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib borgan.

Keyingi eng ko‘p tashrif Bekobodda kuzatilgan. “Metallurg” — “Nasaf” o‘rtasidagi o‘yinga 5212 ming muxlis kelgan. Kuchli uchlikni Samarqandning “Dinamo” stadioni yakun yasab beradi. Maydon egalarining “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvini tomosha qilish uchun 3821 ming muxlis arenaga tashrif buyurgan.

Eng yomon ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatilgan bo‘lib, “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tgan “Bunyodkor” — “Qizilqum” uchrashuvini 248 kishi stadiondan tomosha qilgan.

“Navbahor” — “Surxon” – 2:0, 12750 tomoshabin;
“Metallurg” — “Nasaf” – 0:2, 5212 tomoshabin;
“Dinamo” — “So‘g‘diyona” – 1:2, 3821 tomoshabin;
AGMK — “Lokomotiv” – 4:0, 2610  tomoshabin;
“Neftchi” — “Paxtakor” – 0:2, 2400 tomoshabin;
“Olimpik” — “Qo‘qon-1912” – 1:1, 1210 tomoshabin;
“Bunyodkor” — “Qizilqum” – 1:2, 248 tomoshabin.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Локо
15/08/2022 10:10
Тошкентда футбол мухлислари "Йўқ" хисобда, 248 та томошабин хам Қизилқумдан келган бўлса керак