Superliganing 16-ishtirokchisi nomiga "Bunyodkor" stadionida aniqlik kiritiladi

  • 03.12.2024 18:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

9 dekabr kuni Superliga uchun pley-off bosqichining so‘nggi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda "Sho‘rtan", "Olimpik", "Qo‘qon-1912" yoki "Metallurg" jamoalari orasidan 2 tasi Superliganing so‘nggi ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritish uchun maydonga tushadi. 

Tecno

Liga avvalroq mavsumning so‘nggi bellashuvini OKMK stadionida o‘tkazishni rejalashtirgandi. Ammo "Metallurg" Superliga turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi va 9 dekabr kuni maydonga tushish ehtimoli bor klublar qatoriga qo‘shildi. Sir emaski, "Metallurg" 2024 yilgi mavsum davomida o‘zining uy uchrashuvlarini Olmaliq shahrida o‘tkazdi. Shundan kelib chiqib, Liga OKMK stadioni masalasini kun tartibidan oldi. 

Yuqorida nomi qayd etilgan jamoalardan "Qo‘qon-1912" hamda "Sho‘rtan" pley-offning oxirgi uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida o‘tishi masalasiga xayrixohlik bildirdi. Shu tariqa Liga pley-off uchun "Bunyodkor" stadioni bilan kelishuvga erishdi. Bellashuv 9 dekabr kuni 15:00 da start oladi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!