
Superliganing 2-turini o‘tkazib yuboradigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Eng ko‘p yo‘qotish kimda?
Ma’lumki, bugun Superliganing 2-tur bahslari boshlanadi. O‘zPFL matbuot xizmati esa ushbu turni o‘tkazib yuboradigan 11 nafar o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ularning orasida diskvalifikatsiyaga uchraganlar, qizil kartochka olganlar kabi futbolchilar bor.
Eng ko‘p yo‘qotish “Olimpik” klubida bo‘lib, 3 nafar futbolchisi bu turda jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek, “Paxtakor” va “Bunyodkor”dan ikkitadan futbolchi maydonga tushish imkoniyatidan mahrum. “Surxon”, “Buxoro”, “Metallurg” va “So‘g‘diyona”dan ham bittadan futbolchilar bu turni tomoshabin sifatida o‘tkazadilar.
Fikrlar