Superyulduz o‘ziga yangi jamoa tanladi

  • 10.12.2022 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasining etakchisiga aylangan Jud Bellingem nimalarga qodirligini Qatar maydonlarida ham ko‘rsatib kelmoqda.

“Borussiya” futbolchisini bir necha klub o‘z safiga chorlayotgan bir paytda Judning oila a’zolari o‘yinchi qaerga borishini muhokama qilib, bir qarorga keldi.

Sport Bild nashrining yozishicha, Bellingemlar oilasi 19 yoshli yarim himoyachining “Liverpul”ga o‘tishini eng maqbul variant sifatida baholamoqda.

Bellingem “Borussiya” safiga 2020 yilning yozida “Birmingem Siti”dan  25 million evroga transfer qilingan edi. Shundan beri jami 112 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 21 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!