
"Surxon" bosh murabbiyi Jizzaxdagi g‘alabadan so‘ng: "Hali maqsadimizga etganimiz yo‘q"
Jamoamiz bosh murabbiyi Migel Alvares «So‘g‘diyona» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
“O‘yin juda zo‘r bo‘ldi, stadiondagi muhit ham ajoyib edi. Jamoamizdagi barchani va muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Termizdan uzoq yo‘l bosib kelgan muxlislarga rahmat aytaman.
Ushbu g‘alaba Hamidjon Aktamovning tug‘ilgan kuniga yaxshi sovg‘a bo‘ldi. Mavsumning qolgan qismida «So‘g‘diyona» jamoasiga omad tilayman. Biz taslim bo‘lmaymiz, hali maqsadimizga to‘liq etganimiz yo‘q”, — dedi bosh murabbiyimiz.
“Surxon” matbuot xizmati.
Fikrlar