“Surxon” nigeriyalik legionerni oʻz safiga qoʻshib oldi

  • 16.01.2026 17:25
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Stiven Chinedu - Surxon futbolchisi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Biz jamoamizdagi yangi transfer haqida ma'lum qilamiz. Jamoamiz safiga nigeriyalik legioner Stiven Chinedu qo'shildi. U-26 yoshda va hujumchi pozitsiyasida to'p suradi. Chinedu bilan 1+1 ko'rinishdagi shartnoma imzolandi

Stiven Chinedu 2000 yilning 6 yanvarida Nigeriyada tavallud topgan. U markaziy hujumchi pozitsiyasida harakat qiladi.

O'ynagan klublari

2019–2021 — “Hayduk” (Xorvatiya), NK “Dugopole” (Xorvatiya)
2021/22 — “Dinamo Siti” (Albaniya)
2022/23 — “Solin” (Xorvatiya)
2023–2025 — “Shiroki Brijeg” (Bosniya va Gersegovina)
2025 — “Radnichki” (Serbiya)
2025 — “Radnik” Surdulitsa (Serbiya)
”, - deyiladi surxonliklar xabarida

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!