"Surxon" tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqarib yuborgach, Fevzi Davletov qanday munosabat bildirdi?

  • 01.04.2024 00:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Namanganda “Navbahor” va “Surxon” o‘rtasidagi o‘yinda ko‘pchilik mezbonlarning g‘alabasini kutgandi. “Surxon” bungacha uchta uchrashuvida yutqazgandi. Ammo bu safar raqib jamoa Namanganga shunchaki mag‘lub bo‘lish uchun kelmaganini isbotladi. Ular hatto g‘alabaga ham yaqin kelgandi. Biroq 0:2 hisobidagi ustunlik yakunda 2:2 ga aylandi va durang bilan yakun topdi. Ushbu bahsdan keyin “Surxon” bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlarini aytdi.

- O‘yinning jiddiyligini va bizni muhim o‘yin kutib turganini bilardik. Shu bois turnir jadvalidagi holatimizdan kelib chiqqan holda uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. “Navbahor”ning muxlislari o‘z jamoasini astoydil qo‘llab-quvvatlab oldinga chorlashini ham bilardik. Natijada bizga katta bosim bo‘ldi. Albatta, mana shunday bosim bo‘lishini yigitlarga tushuntirdik. Shunga yarasha yigitlardan butun uchrashuv davomida bosimga dosh berishlarini va har bir pozitsiyada ishonchliroq to‘p surishlari muhimligini tayinladik. Darvozamiz oldida esa to‘pni uzoqlashtirishga harakat qildik. Bundan tashqari, gol urishga harakat qildik va hatto ikkita gol urishga erishdik. Afsuski, hisobni ushlab qola olmadik. “Navbahor”ni jim qarab turmasligini va hujumlar uyushtirishini sezgandik. Ular uzun paslar orqali o‘ynashdi. Bu jabhada bizga qiyinchiliklar tug‘dirishdi. Havodagi to‘p uchun kurashlarda ko‘proq mag‘lub bo‘ldik. Negaki, futbolchilariiz bo‘ydor emas. “Navbahor” o‘yinchilari esa bo‘ydor.

- “Surxon”ning omadsiz starti nima bilan bog‘liq?

- Bizda bu borada muammolar mavjud. O‘yinimizda aynan qanaqa muammolar borligini bilamiz. Bularni hal qilyapmiz. Albatta, muammolardan biri himoya chizig‘i. Krimetsdan umidimiz katta edi. Afsuski, o‘tgan safar diskvalifikatsiyaga uchradi. Himoyada u asosiy tayanchimiz edi. Himoyadagi muammolar bizga pand berib qo‘ydi. Agar xatolar bo‘lmaganida natija ham boshqacharoq bo‘lardi.

- Bugungi uchrashuvdan keyin “Surxon”ning kelajagi qanday?

- Albatta, “Surxon”da kelajak bor. Bu esa futbolchilarga ham bog‘liq. Ularga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatib beryapmiz, bu hujumkor futbol. Jamoamizda yaxshi kelajak bor va bu borada ishlashda davom etamiz. Yigitlarimizga yo‘nalish beryapmiz va ularga Evropa chempionati o‘yinlarini ko‘rsatyapmiz. Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Namanganga uzoq yo‘l bosib kelishdi.

- “Surxon”ning maqsadi qanday?

- Oldingi matbuot anjumanlarida ham aytgandim, maqsadimiz o‘tgan yilgi natijani bu yil ham takrorlash.     

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
01/04/2024 12:50
Баракалла йигитлар Кашкадарё сиз билан сизларга омад.