"Surxon" Tojikiston chempioniga mag‘lub bo‘ldi

  • 25 fevral, 2018, 19:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsum uchun tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan Termizning "Surxon" klubi bugun mazkur o‘quv-yig‘ini doirasida Tojikistonning amaldagi chempioni - "Istiqlol" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Gollarga boy tarzda kechgan qarama-qarshilikda Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi "Surxon" 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

"Surxon" etakchilari - Timur Usmonov va Ibrohim Abdullaevlar bu o‘yinda maydonga tushmadilar. Murabbiylar shtabi ushbu futbolchilarga dam berishga qaror qildilar.

Uchrashuv o‘z nihoyasiga etgandan so‘ng Termiz klubi murabbiylari jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan Anvar Rahimov, Sobir Usmonxo‘jaev, Farhod Nomozov, Nodir Yo‘ldoshev, Farruh Ibragimov, Abbos Po‘latov va Timur Xakimovlar bilan do‘stona xayrlashdilar. Qayd etish joiz, bundan avvalroq jamoa yaponiyalik Yu Kuboki bilan ham do‘stona xayrlashgan edi.

"Surxon" o‘zinining navbatdagi nazorat uchrashuvini 28 fevral kuni Samarqandning "Dinamo" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Nazorat o‘yini

"Surxon" (Termiz, O‘zbekiston) - "Istiqlol" (Dushanbe, Tojikiston) 2:4 

Gollar: Tixonovetskiy 2, Sardor Eminov 15,21, Artyom Baranovskiy 55, Sheriddin Boboev 75, Vosiev 80.

“Surxon”:  Ruslan Matniyazov, Ibrohim Rahimov , Islom Inomov, Ilhom Alijonov, Sherzod Jalolov , Sirojiddin Qo‘ziev, Javoxir Aliqo‘ziev, Sardor Eminov, Nizomjon Norov, Dilshod Xushbakov ,Farxod Tojiev

Surxondaryo futbol federatsiyasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!