Suv sporti. Osiyo chempionatida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdik!

CHERY AUTO

Shu kunlarda Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medallariga ega chiqdi.

Tecno

Erkaklar o‘rtasida 1500 metrga erkin usulda suzish yo‘nalishida Ilya Sibirsev 15:23.35 daqiqa bilan marraga ikkinchi bo‘lib etib keldi va kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, 3 metrli tramplindan sinxron sakrash dasturida Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!