Sürpriz! Javohir Sindarov FIDE turkumi jahon reytingida peshqadamga aylandi

  • 22.08.2026 10:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan yangilangan FIDE Circuit oraliq umumiy hisobida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

20 yoshli shaxmatchi 93,89 reyting ochkosini to‘plab, seriya jadvalida birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Ikkinchi o‘rinni 75,35 ochko bilan AQSh nomidan ishtirok etayotgan Uesli So egallagan. Uchinchi o‘rinda esa yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 65,64 ochko bilan joy olgan.

FIDE Circuit joriy umumiy hisobidagi birinchi o‘nlik quyidagicha:
1. Javohir Sindarov (O‘zbekiston) — 93,89
2. Uesli So (AQSh) — 75,35
3. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — 65,64
4. Rameshbabu Pragnandha (Hindiston) — 64,65
5. Fabiano Karuana (AQSh) — 54,58
6. Vinsent Kaymer (Germaniya) — 49,55
7. Ayk Martirosyan (Armaniston) — 36,73
8. Ardjun Erigaysi (Hindiston) — 36,34
9. Alireza Firuzja (Frantsiya) — 35,50
10. Yan Nepomnyashchiy (Rossiya) — 32,48.

FIDE Circuit — bu yil davomida o‘tkaziladigan eng nufuzli xalqaro musobaqalardagi natijalar asosida ochkolar beriladigan reyting tizimi. Uning asosiy ahamiyati shundaki, mavsum yakunida birinchi o‘rinni egallagan shaxmatchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Dunyo chempioni unvoni uchun kurashish huquqini beruvchi Pretendentlar turniriga yo‘llanma qo‘lga kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!