Taekvando terma jamoamiz nufuzli turnirda ishtirok etadi
9-11 oktyabr kunlari oraliğida Fransiyaning Parij shahrida joylashgan "Palais des sports Marcel Cerdan" sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha G6 toifasiga mansub "Paris 2026 World Taekwondo Grand Prix" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta vazn toifasidagi bahslarda qatnashadi. Tarkibimiz quyidagicha:
- 57 kg: Madina Mirabzalova
- 67 kg: Ozoda Sobirjonova
+ 67 kg: Svetlana Saidova.
Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar