Taekvandochilarimiz jahon chempionatidan qaytib keldi
Joriy yilning 5–13 oktyabr kunlari Italiyaning Ezolo shahrida taekvon-do ITF bo‘yicha XXIII jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston Taekvon-do ITF terma jamoasi munosib ishtirok etdi. Bugun Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tantanali kutib olindi.
Sparring (jang) yo‘nalishi bo‘yicha:
Oltin medal:
Alina Galimulina.
Tul yo‘nalishi bo‘yicha:
Kumush medal:
Sergey Nam
Sparring (jang) yo‘nalishi bo‘yicha:
Bronza medal:
Asilbek Sadikov
Tul yo‘nalishi bo‘yicha
Bronza medal:
Evgeniy Kim.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi xabar bermoqda.



Fikrlar