Taekvondo. Erkaklar jamoamiz "Turkish Open"da birinchi bo‘lishdi
Turkiyaning Antalya shahrida taekvondo WT bo‘yicha G2 tasnifidagi musobaqa yakuniga yetdi.
Erkaklar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. E’tiborlisi, yigitlarimiz bu natija bilan erkaklar jamoalari orasida eng yaxshi natijani qayd etishdi.
Oltin medal:
-54 kg: Dilmurod Ma’rufjonov
-58 kg: Omonjon Otajonov
-80 kg: Jasur Jaysunov
Bronza medal:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiev
-68 kg: Diyorbek To‘xliboev
Fikrlar