Asosiy mazmunga oʻtish

Taekvondo: "Fujairah Open-2022" turnirida 7 medal qo‘lga kiritildi!

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Shulardan 4 tasi oltin!

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondoning olimpiya oilasiga mansub WT yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tdi.

Butunjahon taekvondo WT taqvimida 2 ta reyting turniri bo‘lib, unda Olimpiada ochkolari o‘ynaladi. Ushbu turnirlarda taekvondo terma jamoamiz ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etyapti. Ularning dastlabkisi "Fujairah Open-2022" musobaqasi hisoblanadi.

Quvonarlisi, kuchli tarkib bilan ushbu turnirga jo‘nab ketgan terma jamoamiz 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Oltin medal:

Ulug‘bek Rashitov;
Jasurbek Jaysunov;
Feruza Sadikova;
Svetlana Osipova.

Kumush medal:
Charos Qayumova.

Bronza medal:
Nikita Rafalovich;
Niyoz Po‘latov.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q