Taekvondo. Rim Gran-prisida ishtirok etadigan tarkibimiz ma'lum
5-7 iyun kunlari Italiya poytahti Rim shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi. G-6 tasnifidagi mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi katta tarkibda ishtirok etadi. Mamlakat taekvondo assotsiatsiyasining ma'lum qilishicha, terma jamoamiz quyidagi tarkibda Apenin yarim oroliga yo‘l oladi:
Erkaklar:
-58 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-68 kg: Diyorbek To‘xliboev
-68 kg: Najmiddin Qosimhogiyev
-80 kg: Jasur Jaysunov
+80 kg: Marat Mavlonov
+80 kg: Yodgorbek Jo‘raboev
Ayollar:
-57 kg: Madina Mirabzalova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar