
Taekvondo. Sportchilarimiz Osiyo chempionati ilk kunida 3 ta medal qo‘lga kiritdi!
Bugun Eronning Kish shahrida klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Dastlabki kunda qizlar g‘olib va sovrindorlarni aniqlab oldi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchta medalni qo‘lga kiritdi. Feruza Sadikova oltin, Charos Qayumova hamda Svetlana Osipova bronza medaliga ega chiqdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ushbu musobaqada to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Ertaga, 5 mart kuni erkaklar o‘rtasidagi bahslar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar