
Taekvondo WT. Bugun Svetlana Osipova hamda Behruzbek Isaev jahon chempionatida ishtirok etadi
Bugun Boku shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda ayollar o‘rtasida eng og‘ir vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Svetlana Osipova hamda yosh sportchilarimizdan Behruzbek Isaev (-63 kg) yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-63 kg: Behruzbek Isaev – Fares Boujemai (Tunis)
+73 kg: Svetlana Osipova – Alessandra Ilich (Italiya)
Fikrlar