
Taekvondo WT. Svetlana Osipova Universiada sovrindori
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Svetlana Osipova faoliyatidagi sovrinlar qatoriga Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining medalini ham qo‘shib qo‘ydi.
Bugun yurtdoshimiz -73 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Osipova murosasiz kechgan yarim final bahsida xitoylik Zetsi Chjouga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Shuning bilan, delegatsiyamizning musobaqadagi medallari 7 ta kumush va 4 ta bronzaga etdi.
Manba: MOQ
Fikrlar