
Taekvondochi yigitlarimiz jamoaviy dasturda yarim finalga yo‘l olishdi
Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida taekvondochi yigitlarimiz jamoaviy dasturda yarim finalga yo‘l olishdi.
Universiada o‘yinlari doirasida taekvondo WT bo‘yicha musobaqalar qizg‘in pallaga kirdi. Bugun, erkaklar jamoaviy dasturida 1/8 final bosqichi bahslarida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi (Ahmedov, Turobov, Mavlonov) Turkiya erkaklar terma jamoasini 2:0 hisobida (24:22, 19:8) mag‘lub etdi.
Chorak finalda esa yigitlarimiz Ekvador terma jamoasi ustidan ham 2:0 hisobida (31:12, 27:5) ishonchli g‘alaba qozonishdi. Endilikda yigitlarimiz yarim finalda o‘z mahoratlarini namoyon etishadi.
Fikrlar