Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan yakunladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida sportchilarimiz 3 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi. 

Murosasiz bahslarda finalgacha yetib borgan Diyorbek To‘xliboev (-68 kg), Jasur Jaysunov (-80 kg) hamda Madina Mirabzalova (-57 kg) kumush medalga ega chiqishdi. 

Shu tariqa, terma jamoamiz qit’a birinchiligida 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘ardi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!