Taekvondochilarimiz xalqaro turnirni 9 ta medal bilan nihoyasiga yetkazdi
Pokistonnig Lahor shahrida taekvondo WT bo‘yicha “World Taekwondo Presidentʼs Cup – Asia” musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Turnirning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Kumush medal:
-87 kg: Yodgor Jo‘raboev
-68 kg: Shohjahon Ahmedov
Bronza medal:
-57 kg: Madina Mirabzalova
Shu tariqa, taekvondochilarimiz mazkur musobaqada 1 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medal jamgarishga erishdilar.
Barcha g‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
Kumush medal:
-68 kg: Shohjahon Ahmedov
-74 kg: Najmiddin Qosimhog‘iev
-87 kg: Yodgor Jo‘raboev
-62 kg: Diyora Azizova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+73 kg: Svetlana Saidova
Bronza medal:
+ 87 kg: Marat Mavlonov
-57 kg: Madina Mirabzalova
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar