Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

Tailandda Osiyo kubogining birinchi bosqichi start oldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Bahslar 22 fevralga qadar davom etadi.

Tailandning Bangkok shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogining birinchi bosqichi start oldi.

Qit’amizning eng kuchli merganlari ishtirok etayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham qatnashmoqda. Dasturga ko‘ra, bugun sportchilar barcha yo‘nalishda dastlabki kvalifikatsiya bosqichida, ertadan esa pley-offda o‘q otishadi. Mazkur musobaqada 8 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, bahslar 22 fevralga qadar davom etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q