Tajribali futbolchi "Arsenal" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 31.01.2023 23:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino "Arsenal" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va yangi klubi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolamoqchi. Hamkorlik yana bir mavsumga cho‘zilishi mumkin. 

Uning transfer narxi 12-13 million evro atrofida bo‘lishi kutilyapti. 

Italiya terma jamoasi etakchisi joriy mavsum "aristokratlar" tarkibida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!