Taniqli agent Shomurodov haqida: Keling, xotirjam munosabatda bo‘laylik

  • 17 fevral, 2021, 18:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli futbol agenti Marko Trabukki Eldor Shomurodovning "Jenoa"ga transferini nimaga tanqid qilganligini ma’lum qildi.

Tecno

"Men bu transferni tanqid qilmagan edim. U "Jenoa"dagi debyutini yaxshi boshlay olmadi. Keyin 2-3 ta yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Endi esa, bu mening sharofatim bilan bo‘lgan, deya olaman. Eldorni Rossiyada ham tanqid qilishgan edi. U "Rostov"da bir yil davomida gol kiritmagani uchun shunday degan edim. Ammo, keling, xotirjam bo‘laylik. Shomurodov Italiyada ikkita gol kiritdi xolos. Shunday bo‘lsada, unga top-klublardan takliflar bor ekanligini o‘qidim.

Xotirjam munosabatda bo‘lish kerak. Eldor yangi murabbiy bilan 5-6 ta muvaffaqiyatli o‘yin o‘tkazdi. Ko‘p vaziyatlarni ko‘kka sovurdi va bu boradagi ko‘rsatkich juda past. Lekin, jamoaviy o‘yin va ijobiy ko‘rsatkichlar borasida menda e’tiroz yo‘q. Buni "Jenoa"ning so‘nggi natijalariga qarab ham ko‘rish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, gap ikki hafta oldin quyi ligaga tushib ketadigan zonada bo‘lgan "Jenoa" haqida ketyapti.

10 yil oldin TsSKAdan Krasich degan familiyali iqtidor egasi "Yuventus"ga o‘tganini qo‘rqinch bilan eslayman. U dastlabki 3-4 oy davomida muxlislar yoqimtoyi bo‘lgan edi. Miloshda tezlik ham, dribling ham bor edi. Men o‘shanda barchaga bu ajoyib kelishuv bo‘lganligin aytgan edim. Hozir esa, muxlislar buni "Yuventus"ning so‘nggi 60 yildagi eng yomon transferlaridan biri sifatida eslashadi", - dedi Trabukki.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!