
Tantashev boshchiligidagi hakamlarimiz Olimpiya o‘yinlarining chorak final o‘yinini boshqarishadi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Frantsiya poytaxti Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqaning futbol bellashuvlari chorak final bosqichi doirasidagi Frantsiya – Argentina uchrashuvida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlarimiz ish olib boradi. Bu xususida O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur bahs 3 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin.
Vakillarimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!
Fikrlar