Taraz shahri bokschilarimizni kutmoqda

  • 08.02.2018 22:40
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonning Taraz shahrida 12-17 fevral kunlari yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 49 kg Madumar Quvondiqov, 52 kg Bekzodbek Isadullaev, 56 kg Xayrullo Alimatov, 60 kg Janbolat Ermahamanov, 64 kg Nodir Janaydarov, 69 kg Temurbek Sa’dullaev, 75 kg Alimardon Abdujabborov, 81 kg Ahrorbek Nishonboev, 91 kg Iqboljon Murodov va +91 kg Jamshidbek Mahamadaliev ishtirok etadi.

Musobaqada bokschilarimizga Hamid Tangriberganov, Samad Ilyosov, Sirojiddin Naimov murabbiylik qilsa, Sherzod Axmedov hakam sifatida ishtirok etadi.

 Boks

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!