Tarix takrorlanmoqda: Husanovda yana zo‘r imkoniyat paydo bo‘ldi!
«Barselona» «Manchester Siti» tarkibida to‘p surib kelayotgan Mateush Nuneš nomini ehtimoliy transferlar ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
The Sun Football nashri jurnalisti Ekrem Konur ma’lumoticha, 28 yoshli portugaliyalik futbolchiga Angliya Premer-ligasining yana bir qator klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Mateush Nuneš 2023 yil sentyabridan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt.de portali futbolchini 45 million yevro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsumda Nuneš «Manchester Siti» safida yetti o‘yinda maydonga tushdi, biror gol yoki golli uzatma qayd etmadi. Ushbu jamoada Nuneš O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abdukodir Husanov bilan bir pozitsiya uchun raqobat olib bormoqda.

Fikrlar