
Tarver: "Ngannu ikki bor mag‘lub bo‘lib xam eng boy bokschiga aylanishi mumkin"
Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Antonio Tarver super og‘ir vazn toifasining sobiq etakchisi Entoni Joshua(27-3, 24 KO) va aralash yakkakurash yulduzi Frensis Ngannu(0-1) o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida gapirdi.
"Joshua zarbalarni unchalik yaxshi bera olmaydi, biz buni bilamiz, shuning uchun bu jang meni xavotirga solmoqda. Entonida yo‘qotadigan narsalari bor, lekin Ngannuda unday emas. Shuning uchun u, bemalol, Tayson Fyuri bilan ringga chiqdi, endi esa Joshua bilan jang qiladi. Frensis - biz boksda hech qachon ko‘rmagan yangilik bo‘ldi. U xattoki, ikki bor mag‘lub bo‘lib ham eng boy bokschiga aylanishi mumkin”, – dedi Tarver Boxing King Media You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Joshua - Ngannu jangi 8 mart kuni Ar-Riyoddagi boks oqshomida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar