Tayson Fyuri Aleksandr Usikka qarshi jang qilishi uchun katta pul so‘radi

  • 24 avgust, 2022, 16:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha WBC yo‘nalishi bo‘yicha og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni Tayson Fyuri Aleksand Usikka qarshi ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi.

"Dunyodagi eng katta to‘qnashuv uchun eng ko‘p pul to‘lanishi lozim. Agar mening Usikka qarshi ringga ko‘tarilishimni istashsa, yarim milliard dollar berishlari kerak.

Bundan bo‘lmasa, mana bu so‘rg‘ichni oling! Agar jang Entoni Joshuaga qarshi tashkil qilinganida ham boshqa gap, men tekinga urishardim",-dedi britaniyalik sportchi.

Ma’lumot uchun, ushbu jangning tashkil etilishi anchadan beri taxmin qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!