
Tayson Fyuri engilmas Shvartsni mag‘lub etdi
Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri (28-0-1) germaniyalik Tom Shvartsni (24-1) mag‘lub etdi.
AQShning Las-Vegas shahrida tashkillashtirilgan bellashuvning ikkinchi raundida, Fyuri raqibini texnik nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu mag‘lubiyat Shvartsning professional boksdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Aytib o‘tish joizki, ushbu nokaut Fyurining 20-nokautidir.
Fikrlar