Tayson Fyuri: "Klichkoni enganimdan so‘ng o‘lishni xohlagandim"
Sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri faoliyatidagi eng katta g‘alabasi ortida yotgan qorong‘u haqiqatni gapirib berdi.
"Yashashimning asosiy sababi — Klichkoni mag‘lub etish edi. Bu maqsadga erishgan zahotim hayotimdan ma’no yo‘qoldi. Shundan keyin hammasi pastga qarab ketdi: uzluksiz, chuqur depressiya boshlandi. Jahon chempioni sifatida menda hamma narsa bor edi, lekin baribir depressiyadan qutula olmadi. Har kuni o‘lishni xohlar edim.
Hech kim menga yordam bera olmasdi. Bir kuni esa shunday bo‘ldi: tiz cho‘kdim-u, Xudoga duo qildim. Yotoqhona polida yotib yig‘ladim. Vaznim 180 kilogram edi, deyarli uch yildan beri bokstdan uzilgan edim. Xudoga: Men buni yengolmayapman. Sen menga yordam berishing kerak. Meni boksgga qaytar, dedim.
O‘sha payt ozimni polda abadiy yotgandek tuydim, aslida esa o‘n daqiqa ham o‘tmagan ekan. Lekin o‘rnimdan turganimda, g‘oya elkamdan butun dunyo yuki olinganini his qildim va Xotinim Perisga: Ertadan mashg‘ulotlarga qaytaman, deb xursandchilikdan baqirdim", — deya eslaydi Tayson.
Ma’lumot uchun, Fyuri navbatdagi jangini 21 noyabr kuni Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.

Fikrlar