Tayson Fyuri Vladimir Klichkoga murojaat qildi
Og‘ir vazn toifasida WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring va IBF yo‘nalishlari sobiq chempioni Tayson Fyuri ukrainalik Vladimir Klichkoga jahon chempionligi uchun kurashdan 10 yil o‘tib, hazil bilan minnatdorchilik bildirdi.
"Bugun men og‘ir vazn toifasida uzoq vaqt hukmronlik qilgan Vladimir Klichkoni taxtdan tushirganimga 10 yil to‘ldi. O‘sha oqshom Tayson Fyuri tarixga afsona sifatida kirib borishini aytgandim. Vladimir, men o‘sha g‘alabani 10 yil o‘tib ham nishonlayman. Chunki aynan shu bahs meni muvaffaqiyatli va ko‘p millionli jangchiga aylantirgan", - dedi britaniyalik ijtimoiy tarmoqqa joylagan videoda.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri 2015 yil Klichkoni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etib, og‘ir vaznda IBF, IBO, WBO, WBA Super va The Ring kamarlarini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar