Tayson Fyurining navbatdagi raqibi kim bo‘ladi? Uning promouteri javob berdi
Ahmadbek Eshmatov
Britaniyalik bokschi tez orada navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni, "Lo‘lilar qiroli" nomi bilan mashhur britaniyalik Tayson Fyurining (30-0-1,21 KO) navbatdagi raqibi aniqqa o‘xshaydi. U keyingi jangini germaniyalik Agit Kabaelga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin. Bu borada uning promouteri Frenk Uorren ma’lum qilgan.
"Agit Kabael (20-0-0,13 KO) Fyuri uchun navbatdagi tanlangan raqibdir. Unga shartnoma yuborilgan", - dedi Uorren.
Ma’lumot uchun, Fyuri so‘nggi jangini 22 fevralda Deontay Uaylderga qarshi o‘tkazib, uni mag‘lubiyatga uchratgan edi.


Izohlar (0)