Tayson ham “Manchester Yunayted”dan yuz o‘girdi

  • 29.08.2025 08:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Professional boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan Tayson Fyuri bundan buyon futbolni kuzatib bormasligi va “Manchester Yunayted”ga muxlislik qilmasligini ma’lum qildi.

Sobiq chempion endi bor e’tiborini ot poygalariga qaratadi.

- To‘g‘risini aytsam, o‘zimni futbol ishqibozlari qatoriga qo‘shmayman. Ilgari “Manchester Yunayted”ga muxlislik qilardim. Lekin hozir ularning rasvosi chiqqan va men hech qaysi jamoani qo‘llab-quvvatlamayman.

Avvallari men Angliya terma jamoasiga ham muxlislik qilganman. 2016 yilgi Evropa chempionatida terma jamoa Islandiyaga yutqazib qo‘yganidan keyin futbolga bo‘lgan qiziqishim so‘ndi. Endi menga poygalar qiziq tuyulmoqda, - dedi Tayson Fyuri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!