"Tbilisi Grand Slam 2026" turniriga qur’a tashlandi

  • 19.03.2026 20:15
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo

Ertaga Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida "Katta Dubulğa" turkumiga kiruvchi navbatdagi turnirga start beriladi. 

Biroz avval "Tbilisi Grand Slam 2026" turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirok etuvchi dzyudochilarimiz raqiblarini bilib olishdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ilk bor bu kabi nufuzli turnirda qatnashuvchi dzyudochilar ham bor. 

Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:

-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov — Mishel Augusto (Braziliya)  
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev — Tornike Gigauri (Gruziya)
-66 kg: Azizbek Ortiqov — Erbol Abasbekov (Qirg‘iz Respublikasi)
-73 kg: Nizomiddin Toshpo‘latov — Steven Boldbaatar (Mo‘g‘uliston)
-81 kg: Bobur Yangiboev — Ahmed Turluev (Rossiya)  
-90 kg: Umar Bozorov — Markus Van Diik (Niderlandiya) 
-90 kg: Nurbek Murtazoev — Vlad Visan (Ruminiya)
-100 kg: Amirsaid Jeyliev — Tornike Poladishvili (Gruziya)  
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboev — Erik Abramov (Germaniya)

AYOLLAR
-48 kg: Ulbusin Hakimova — Laura Espadina (Fransiya) 
-52 kg: Sita Kadambaeva — Naomi Van Krevel (Niderlandiya)
-57 kg: Rayhona Mamatova — Tsendbazar Mashbat (Mo‘g‘uliston) 
-63 kg: Marjona Nurulloyeva — Maya Bidzinashvili (Gruziya)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva — Aytaj Gardashhanli (Ozarbayjon)

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!