Tedesko O‘runov haqida: Uch hafta mashg‘ulot o‘tkazmagan futbolchini maydonga tushira olmayman

  • 10 avgust, 2020, 00:40
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Spartak" Moskva - "Sochi" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda jamoalar 2-2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Moskvaliklar bosh murabbiyi Domeniko Tedesko o‘yindan so‘ng tashkil qilingan matbuot anjumanida jurnalistning yangi xarid qilingan Kokorin va O‘runovni nega maydonga tushirmagani haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi:

Tecno

"Menimcha, bu normal holat. Kokorinda barchangiz guvoh bo‘lganingizdek kichik jarohat bor. U biz bilan endi shug‘ullana boshladi. Umid qilamanki, tez orada uni maydonda ko‘ra olamiz.

O‘runov holati ham kundek ravshan. 3 hafta mashg‘ulotsiz qolgan futbolchini maydonga tushira olmayman. Oston koronavirusni engib o‘tdi va tiklanishi biroz vaqt talab qiladi. Jamoaviy mashg‘ulotlarimizda ishtirok etmoqda. Uning tayyorligini sezsam, albatta maydonga tushadi". 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Islom Esanov
10/08/2020 01:16
To`g`ri fikirlabti o`zimizda esa firus bo`lgandan kiyin trenerovkaga vaqt berishi kerak ko`ramiz nima qilar ekan