Temurxo‘ja Abduxoliqov: Meni "Lokomotiv"dan ketdi deyishga shoshilmanglar, ammo "Paxtakor" va "Navbahor"dan ham takliflar bor

  • 26.12.2020 17:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

“Lokomotiv”ning asosiy hujuchilaridan biri Temurxo‘ja Abduxoliqov yakuniga etgan mavsumda 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 6 marta ishg‘ol qildi. Yana 3 marta assistentlik vazifasini ham uddaladi.

Xullas, terma jamoamizga nomzod futbolchi atrofida ham turli xabarlar eshitilib turibdi. U “Lokomotiv” bilan xayrlashadimi yoki klubda qolmoqchimi? Sports.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Temurxo‘ja bilan aloqaga chiqdi.

- Temurxo‘ja, yakunlangan mavsum haqida gap ketganda, jamoangizning ishtiroki kutilgandek chiqmagani rost. Bu xususida shaxsiy munosabatingiz qanday?

- Ko‘rdingiz, bu yil “Lokomotiv” o‘z joyidan orqaga ketdi. O‘rnimizda ham qola olmadik, yuqoriga ham chiqa olmadik, faqat pastroqqa tushdik. Futbolda bunday vaziyatlar uchrab turadi. Yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratildi. Bu kabi holatlarda birinchi yili natija ko‘ngildagidek bo‘lmasligi tabiiy. Jamoamiz ishtirokini qoniqarsiz baholash mumkin.

- Lekin Timur Kapadze kelgach, klub biroz barqarorlikka ko‘tarildi-a?

- Timur Kapadze “Lokomotiv”ga kelgach, jamoaning kurashuvchanligini oshirdi. Futbolda kurashish birinchi o‘rinda turadi. Keyin o‘zining taktikasini ham amaliyotga tatbiq etdi. U nimani xohlayotganini va o‘yin uslubini yaxshi tushuntirib bera oldi. Shunga yaxshi tomonga o‘zgardik. Tag‘in ham bir qancha ochkolarni yo‘qotib qo‘ydik.

abduxolikov7

- Keyingi taqdiringiz borasida bir qarorga keldingizmi?

- “Lokomotiv” bilan shartnomam deyarli tugadi hisob. Mavsum yakunlandimi, demak bitim ham shunday. Nima bo‘lishini ko‘ramiz, oldimda bir qancha variantlar turibdi. Hali qaerga borishimni o‘zim ham bilmayman. Qaror qabul qilishda shoshmayapman.

- Lekin sizni klubdan ketganingiz haqidagi xabarlar quloqqa chalinyapti...

- Meni hali “Lokomotiv”dan ketdi, deyishga shoshilmanglar. Chunki oldimda bu jamoaning ham varianti turibdi. Shuning uchun ushbu vaziyatda klubni tark etdim yoki qoldim deb ayta olmayman. To‘g‘risi, o‘ylanib qolganman. Bir qarorga kelish qiyinroq. Muzokaralar ketyapti.

abduxolikov5_1

- Xizmatingizga “Paxtakor” va “Navbahor”dan qiziqish borligi rostmi?

- To‘g‘ri, “Navbahor” va “Paxtakor”dan takliflar bor, bu borada yanglishmabsiz. Ko‘rib chiqish boshqa, hammasi kelishishimizga bog‘liq. Ayni paytda muzokaralar davom etyapti.

- Hozirda muzokaralar qanday pallasida? Yakuniy bosqichga etib kelindimi?

- Muzokara hech qanday muammoli emas. Bu xuddi bozorga o‘xshaydi, kelisha olsak bo‘ldi, hammasi hal bo‘lib, shartnoma tuziladi va e’lon qilinadi. Hozirda esa men aytgan shart-sharoitlar klubni yoki ular aytgan narsa meni qoniqtirmayotgan bo‘lishi mumkin. Oltin o‘rtalikni topa olsak, o‘shanda bir to‘xtamga kelinadi.

abduxolikov6

- Yangi mavsumni legioner sifatida xorijda o‘tkazishingiz ham mumkinmi?

- Chetdan takliflar? Hozir dekabr, ko‘proq yanvardan boshlanadi. Chunki pandemiya endi tugadi. To‘g‘risi, hozircha xorijdan pichoqqa ilinadigan takliflar yo‘q. Hammasi turlicha, masalan, moddiy tomondan yaxshi taklif bo‘lsa, o‘sha chempionatning saviyasi past bo‘lib chiqadi, ba’zida esa chempionat darajasi yaxshi bo‘ladiyu, biroq klubning moddiy tomondan imkoniyati ko‘ngildagidek bo‘lmaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akrom Ruzibaev
26/12/2020 18:13
Хафа булма ку я , сан лучше футболни тухтатавер , сандан кура пахтакорда еш хужумчи уйнагани макул