
Ten Hag Gakpo "Liverpul"ga o‘tganidan g‘azabda!
Kodi Gakponi qo‘ldan chiqargan "Manchester Yunayted" hujum chizig‘iga boshqa variantlarni qidirmoqda.
ESPN nashrining xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik Ten Hag Gakpo "Liverpul"ga o‘tayotganidan g‘azabda. Bunga qaramasdan mutaxassis noyabrda jamoani tark etgan Krishtianu Ronaldu o‘rniga futbolchi xarid qilinishiga ishonmoqda.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, MYu Gakpo borasida rasmiy taklif yubormagan, chunki ular "Liverpul" bergan summani takrorlay olmagan.
Kodi "Liverpul" uchun bonuslar bilan hisoblaganda 50 million evroga tushgan. Gakpo PSV tarkibida 24 ta o‘yinda 13 ta gol urib, 17 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar