
Ten Xag faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted"ni tark etgan Erik ten Xag faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Unga "Leyptsig" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Sky Sports" insayderi Patrik Berger.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya jamoasi Marko Rozeni o‘z lavozimidan ozod qilsa, niderlandiyalik mutaxassis bilan bog‘lanishi mumkin. Murabbiyning ketishi esa kelasi o‘yinlarga bog‘liq bo‘lib turibdi.
"Leyptsig" mavsumni yaxshi boshlagan bo‘lsada, so‘nggi paytlar g‘alaba qozona olmayapti. Klub oxirgi 6 ta bahsning atigi bittasida durang o‘ynadi, qolganlarida esa mag‘lub bo‘ldi.
Ten Xag bundan oldin ham Bundesligada ishlagan. U 2013-2015 yillar davomida "Bavariya"ning yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan.
Fikrlar