Ten Xag MYu futbolchilari individual mashg‘ulot o‘tkazishini istamoqda

  • 13 sentabr, 2022, 09:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag futbolchilarni ko‘proq vaqtlarini mustaqil mashg‘ulotlarga bag‘ishlashga chaqirdi, deb xabar berdi “Manchester Evening News”.

Tecno

Xususan, futbolchilar oyog‘i bilan to‘pda ishlashni mashq qilish kerakligini aytilmoqda. Bunday individual mashg‘ulotlarga jalb qilinganlar orasida chap qanot himoyachisi Lyuk Shou ham bor.

Ten Xag "Manchester Yunayted"ga o‘tganidan so‘ng, jamoada chap oyoqli futbolchilar yo‘qligiga e’tibor qaratdi. Shu bois, Tirell Malasiya, Lisandro Martines va Antoni mavsum oralig‘ida sotib olindi.

Avvalroq, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Markus Reshfordni jamoaning asosiy hujumchisiga aylantirmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!